Interaktiv xizmatlar
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 29-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 13-noyabrda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va davlat muassasalariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon matnda murojaatlar deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaatlar sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
koʻrib chiqish tartibi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xoʻjalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;
davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy boʻlinmalarining oʻzaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3-modda. Murojaat etish huquqi
Jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega.
Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni himoya qilishga yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.
Xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.
4-modda. Murojaatlarning shakllari
Murojaatlar ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda boʻlishi mumkin.
5-modda. Murojaatlarning turlari
Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida boʻlishi mumkin.
Ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan murojaat.
Taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan murojaat.
Shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bayon etilgan murojaat.
Murojaatlar, ularning turi va shaklidan qatʼi nazar, bir xil ahamiyatga ega.
6-modda. Murojaatlarga qoʻyiladigan talablar
Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilishi kerak.
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida boʻlishi kerak. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ular haqida yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.
Murojaat etuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
7-modda. Murojaatlar va ommaviy axborot vositalari
Davlat organlariga ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Ommaviy axborot vositalariga yoʻllangan murojaatlardan ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq jamoatchilik fikrini oʻrganish va aks ettirish uchun foydalanilishi mumkin.
8-modda. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish
Davlat organlarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish davlat organining rahbari yoxud boshqa vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida maxsus tarkibiy boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin, qabul uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar belgilanadi.
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvallariga muvofiq oʻtkaziladi.
Qabul qilish jadvallari va uni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek qabul qilish tartibi davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish, shuningdek ularning maʼmuriy binosida hamma kirishi mumkin boʻlgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi.
Jismoniy shaxs ogʻzaki murojaat etayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi kerak.
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday xususiyatga ega boʻlgan ilgarigi murojaati boʻyicha qaror qabul qilingan boʻlsa va bu haqda ularga ushbu Qonunda belgilangan tartibda xabar qilingan boʻlsa, rad etilishi mumkin.
Davlat organlarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi mazkur organlar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Davlat organlarining shaxsiy qabulni oʻtkazuvchi rahbarlari yoki boshqa vakolatli shaxslari har qanday masalalar, shu jumladan oʻz vakolatlariga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaat etilganda qabulni rad etishga haqli emas, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar shaxsiy qabul davomida bayon etilgan masalalarni hal etish davlat organining vakolatlariga kirmasa, tegishli mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxslar murojaat etuvchiga murojaatda bayon etilgan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish lozimligini tushuntirishi kerak.
Shaxsiy qabul davomida davlat organining rahbari qaroriga koʻra hamda murojaat etuvchining yozma roziligi bilan maxsus texnika vositalari (audio- va video yozuv, shuningdek fotosuratga olish) qoʻllanilishi mumkin.
Davlat organlarining rahbarlari yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan sayyor shaxsiy qabullar tashkil etilishi mumkin.
9-modda. Murojaatlar boʻyicha ish yuritish
Davlat organlarida murojaatlar boʻyicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.
2-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqlarining kafolatlari
10-modda. Murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi
Murojaat etish huquqidan foydalanilayotganda jismoniy shaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga, shuningdek yuridik shaxslarning mulk shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakllariga va boshqa holatlariga qarab kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11-modda. Murojaat etish huquqini amalga oshirishning kafolatlari
Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlariga yakka tartibda yoki jamoa boʻlib murojaat etish huquqi kafolatlanadi.
12-modda. Murojaat etilganda huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarga rioya etilishining kafolatlari
Davlat organlari murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga rioya etishi, ularning toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi uchun choralar koʻrishi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻrishi shart.
13-modda. Murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish kafolatlari
Murojaatlar davlat organlari tomonidan qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi shart, ushbu Qonunning 20-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatni qabul qilish va koʻrib chiqish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
14-modda. Murojaatlar munosabati bilan ayon boʻlib qolgan maʼlumotlarning oshkor etilmasligi kafolatlari
Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti, yuridik shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar va, agar bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini kamsitadigan boʻlsa, boshqa axborot davlat organlari xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxs toʻgʻrisidagi, murojaatga taalluqli boʻlmagan maʼlumotlarni aniqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jismoniy shaxsning iltimosiga koʻra uning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmasligi kerak.
15-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari munosabati bilan ularning xavfsizligi kafolatlari
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila aʼzolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila aʼzolarini ular oʻz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda oʻz fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan taʼqib etish man etiladi.
3-bob. Murojaatlarni berish va ularni koʻrib chiqish tartibi
16-modda. Murojaatlarni berish tartibi
Murojaatlar ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻz vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatni mustaqil ravishda berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni oʻz vakiliga berishga yoxud murojaatni pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborishga haqli. Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning manfaatlarini koʻzlab, murojaatlar ularning qonuniy vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.
Murojaatga u boʻyicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning koʻchirma nusxalari, shuningdek uni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, murojaat etuvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar bundan mustasno. Murojaat taalluqliligi boʻyicha boshqa davlat organiga yuborilganda, unga koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar ilova qilinishi kerak.
17-modda. Murojaatlarni berish muddatlari
Murojaatlarni berish muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar davlat organining murojaatni koʻrib chiqish boʻyicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini oʻz vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni taʼminlash zaruratiga bogʻliq boʻlsa, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra tegishli davlat organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.
Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.
Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni koʻrib chiquvchi davlat organi tomonidan tiklanadi.
18-modda. Murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar shu organ tomonidan yoki uning murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxsi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻzining vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga kelib tushgan murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga oʻtkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.
Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, bu murojaatlar murojaat etuvchiga besh kunlik muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan qaytariladi.
Murojaatni toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha maʼlumotlar, maʼlumotnomalar va materiallarga zarurat paydo boʻlgan taqdirda, mazkur murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organining mansabdor shaxsi murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat organlaridan qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari oʻzlaridan soʻralayotgan axborotni oʻn kun ichida taqdim etishi shart.
Murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organi, zarur hollarda, murojaat joyning oʻziga borib koʻrib chiqilishini taʼminlashi mumkin.
Murojaat etuvchi yoki boshqa shaxs yoʻqligida murojaatni koʻrib chiqish imkoni boʻlmasa, ular davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat etuvchi kelmagan taqdirda davlat organining mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz koʻrib chiqish imkoni yoʻqligi haqida javob yuboradi.
Murojaatga javobni davlat organining rahbari yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxsi imzolaydi.
Agar murojaatda qoʻyilgan masalalar xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga daxldor boʻlsa, ularning vakillari murojaatni koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida jalb etiladi.
Agar murojaatni koʻrib chiqishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirish, shu jumladan moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) zarurati yuzaga kelsa, tekshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz murojaatlarini ular koʻrib chiqilguniga qadar va koʻrib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.
Murojaatni qaytarib olish haqidagi ariza davlat organlari tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilishini istisno etmaydi.
19-modda. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari
Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart boʻlgan davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallar soʻrab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, ularni koʻrib chiqish muddatlari tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzogʻi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Taklif davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga oʻn kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
20-modda. Murojaatlarni koʻrmay qoldirish
Quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda;
qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar.
4-bob. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda davlat organlarining majburiyatlari
21-modda. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari
Murojaat davlat organlari tomonidan koʻrib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs murojaat koʻrib chiqilishining borishi haqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni koʻrib chiqish natijalari bilan tanishish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish yoki ularni boshqa organlardan soʻrab olish toʻgʻrisida iltimos qilish, advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organlarining mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxslari jismoniy va yuridik shaxsga ularning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi shart.
22-modda. Murojaatlarni koʻrib chiqishda qoʻllaniladigan chora-tadbirlar
Davlat organlari murojaatlarni koʻrib chiqishda qonunga xilof harakatlarga (harakatsizlikka) barham berishga doir chora-tadbirlarni darhol koʻrishi, oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashi, murojaat etganligi munosabati bilan jismoniy shaxs, uning vakili, ularning oila aʼzolari, yuridik shaxs, uning vakili va yuridik shaxs vakilining oila aʼzolari taʼqib qilinishiga belgilangan tartibda barham berishi shart.
23-modda. Murojaatni koʻrib chiqqan davlat organining majburiyatlari
Murojaatni koʻrib chiqqan davlat organi murojaat etuvchiga koʻrib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat koʻrib chiqilganidan soʻng yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi shart.
Murojaatlarga javoblar, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi, murojaatda koʻrsatilgan har bir masala boʻyicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Murojaat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxsi, agar jismoniy yoki yuridik shaxs qarorga rozi boʻlmasa, uning ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.
Murojaatni koʻrib chiqqan davlat organi, uning mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxslari murojaatni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi, shuningdek agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki maʼnaviy ziyon yetkazilgan boʻlsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning oʻrnini qoplash yoki maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart.
24-modda. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish
Murojaatlarni koʻrib chiqayotgan davlat organlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida murojaatlarni bir yilda kamida bir marta umumlashtiradi va tahlil qilib boradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
25-modda. Nizolarni hal etish
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
26-modda. Moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish
Jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasi yoxud shikoyati ana shu murojaat boʻyicha qonunga xilof qaror qabul qilgan davlat organi tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, ariza yoki shikoyat berish va uni koʻrib chiqish bilan bogʻliq zararning oʻrni, arizani yoki shikoyatni koʻrib chiqish uchun tegishli davlat organining talabi bilan joylarga borish munosabati bilan qilingan xarajatlarning hamda ana shu vaqt ichida yoʻqotilgan ish haqining oʻrni murojaat etuvchiga sud tartibida qoplanadi. Sud tartibida maʼnaviy ziyon ham kompensatsiya qilinishi mumkin.
Jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasini yoxud shikoyatini koʻrib chiqishda qonun talablari buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish sifatida davlat organi tomonidan toʻlangan mablagʻlar aybdor mansabdor shaxsdan regress tartibida undirib olinishi mumkin.
27-modda. Bila turib yolgʻon maʼlumotlar bayon etilgan murojaatlarni koʻrib chiqishda qilingan xarajatlarning oʻrnini qoplash
Bila turib yolgʻon maʼlumotlar bayon etilgan murojaatlarni koʻrib chiqishda davlat organi tomonidan qilingan xarajatlar jismoniy yoki yuridik shaxsdan sudning qaroriga koʻra undirib olinishi mumkin.
28-modda. Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
29-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi 1064–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 140-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 1065–XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 141-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 446–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 7-modda).
30-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-dekabr,
OʻRQ-378-son
"Oсtobank" AJdan korporativ mijozlar uchun mobil ilova
“Octo-mobile” mobil ilovasi – “Octobank” AJ mijozlari bo‘lgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun bankning mobil ilovasi.
Mobil ilova hisoblarni boshqarish uchun moʻljallangan. Sizga va biznesingizga kerak boʻlgan hamma narsa. Octomobile mobil ilovasi bilan siz doimo onlaynsiz va qayerda boʻlishingizdan qat'i nazar, biznesingiz doimo nazorat ostida!
Octomobile mobil ilovasidan foydalanib siz:
Toʻlov topshiriqnomalarini yuborish;
Byudjetga toʻlovlarni amalga oshirish;
Hisobdagi operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʻlumotlarga kun boʻyi kirish huquqiga ega boʻling;
Bayonotlarni yaratish, ularni matn formatida eksport qilish, chop etish;
Valyuta kurslarining Oʻzgarishini kuzatish;
Toʻlov topshiriqlari shablonlarini yaratish;
Hisob-fakturalarni fayl kabinetida koʻrish;
Markaziy bankning joriy qayta moliyalash stavkasi, eng kam ish haqi, ochiq balans kunlari va joriy ish kunining uzaytirilishini bilib oling;
"Octobank" AJ tomonidan taqdim etilayotgan barcha yangi mahsulotlardan xabardor boʻling.
"Octobank" AJdan korporativ mijozlar uchun Internet-banking
“Octobank” AJning Internet-banking tizimi dunyoning istalgan nuqtasidan kuniga 24 soat o‘z hisoblaringizni boshqarish imkoniyatini taqdim etib, vaqtingizni sezilarli darajada tejaydi.
Internet-banking tizimi sizga quyidagilarga imkon beradi:
Ofisingiz yoki uyingizdan chiqmasdan elektron to‘lov hujjatlarini yaratish va o‘chirish hamda ularni bankka jo‘natish;
Istalgan vaqtda oldindan oʻtkazilgan va qabul qilingan toʻlovlar va hisoblaringiz boʻyicha barcha operatsiyalar arxividan foydalaning;
Hisobdagi mablagʻlarning harakati, shu jumladan joriy kun uchun mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi qoldiqlar, hisobotlar va boshqa hujjatlarni soʻrash;
Siz yuborgan toʻlov hujjatlarining bajarilishining barcha bosqichlarini kuzatib boring;
Valyuta kurslari, hisobingizda Karta indeks-2 ko‘rinishi, pensiya va korporativ plastik karta hisobvarag‘ida mablag‘ mavjudligi to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni olish;
Kompyuter ishlamay qolganda yoki almashtirilganda yoki operatsion tizim qayta oʻrnatilganda mahalliy maʻlumotlarni saqlang;
va boshqalar.
Internet-banking tizimi o‘rnatilgan elektron raqamli imzo, arxivlash va shifrlash tufayli yuqori darajadagi axborot va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaydi. Tizimdan foydalanish juda oson, shuning uchun uni Oʻzingiz oʻrnatishingiz yoki kerak boʻlganda yordam koʻrsatish uchun bank mutaxassislarini jalb qilishingiz mumkin.
Octo-Mobile ilovasini yuklab olish
Toʻgʻridan-toʻgʻri ariza orqali MasterCard Aviasales Gold kartasini ochish uchun ariza yuboring, buning uchun biometrik pasport (yashil) bilan ilova orqali Oʻzingizni suratga olish kifoya va bank xodimlarining Oʻzlari kartani Toshkentning istalgan nuqtasidan olib kelishadi. .
Virtual karta yaratish!
Xavfsiz va xavfsiz onlayn xarid qilish uchun virtual Visa va MasterCard kartalarini yarating
Virtual karta oddiy toʻlov kartasining barcha xususiyatlariga ega
Virtual kartani yaratish mutlaqo bepul
Visa va MasterCard kartalarida 3D Secure himoyasi!
Jismoniy va virtual Visa va MasterCard kartalarida 3D Secure himoyasini bankka kelmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil ilovadan yoqishingiz va o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
Xizmat bepul
Konvertatsiya!
Mablagʻlaringizni kerakli valyutaga aylantiring
Barcha banklarning Uzcard va Humo kartalaridan “Oktobank” AKning jismoniy yoki virtual Visa va MasterCard kartalariga komissiyasiz konvertatsiya qilish.
Kartadan kartaga oʻtkazmalar!
UZCARD, HUMO, VISA va MASTERCARD kartalari oʻrtasida pul oʻtkazmalari
"Oktobank" AKning jismoniy va virtual Visa va MasterCard kartalari oʻrtasida turli shaxslarga komissiyasiz pul oʻtkazmalari
Uzcard va boshqa banklarning Humo kartalari oʻrtasida oʻtkazmalar komissiyasi = 0,5%