Aksiya muddatidan oldin yakunlanayotgani haqida xabarnoma
"Octobank" AJ MyID Palm loyihasi doirasida Visa hamda UZINFOCOM bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan aksiya muddatidan oldin yakunlanganini ma’lum qiladi.
Mazkur aksiya davomida mijozlarga biometrik identifikatsiya xizmatidan foydalangan holda Toshkent metropolitenida ikki marotaba bepul qatnovni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilgan edi.
Shu bilan aksiya yakunlanganini ma’lum qilamiz.
Mijozlarimizga aksiya davomida bildirgan qiziqishlari va faol ishtiroklari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.