Soxta Telegram-bot o‘zini Octobank deb tanishtirmoqda

Telegramda Octobank nomi va brend uslubidan noqonuniy foydalanayotgan bot aniqlandi. Rasman ma’lum qilamiz: ushbu resurs bank bilan bog‘liq emas.

⚠️ Bunday akkauntlar firibgarlik maqsadlarida — yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish va shaxsiy ma’lumotlar, karta rekvizitlari hamda tasdiqlash kodlarini olish uchun yaratiladi.

Ogoh bo‘ling va sizni aldashlariga yo‘l qo‘ymang!

— Octobankning Telegram-kanalida rasmiy tasdiq belgisi (verifikatsiya) mavjudligini hamda bot nomining to‘g‘riligini tekshiring;

— shubhali kanallar yoki xabarlar aniqlansa, bankning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Rasmiy kanallar: Instagram | Facebook | Telegram | Сайт | Octo-Mobile

❓Support: @octobanksupport

☎️Call-center: +998 71 202-33-33

Поделитесь