Milliy valyutada pul mablag‘larini o‘tkazish shartlaridagi o‘zgarishlar
Hurmatli mijozlar!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatish va plastik kartalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish tariflarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasidagi operatsiyalar” deb nomlangan 1-bo‘limi 1.2.2-bandiga aniqlik kiritildi.
2026-yil 1-apreldan boshlab tariflarga quyidagi aniqliklar kiritiladi:
Mijozning topshirig‘iga binoan pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasining boshqa bankidagi oluvchi hisobvarag‘iga o‘tkazish avvalgidek operatsiya summasidan 0,50% komissiya undurilgan holda amalga oshiriladi. “Octobank” AJ tomonidan beriladigan kreditlar bo‘yicha dastlabki badal sifatida qabul qilingan o‘tkazmalar hamda sug‘urta polislari bo‘yicha to‘lovlar bundan mustasno.
Tegishli operatsiyalarni bajarishda ushbu o‘zgartirishni inobatga olishingizni so‘raymiz.
E’tiboringiz va hamkorlik uchun tashakkur.