Ayrim tovar va xizmatlar uchun to‘lovning majburiy naqd pulsiz shakli joriy etilishi to‘g‘risida xabarnoma

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoniga hamda Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-apreldan e’tiboran bir qator yo‘nalishlarda majburiy naqd pulsiz to‘lov shakli joriy etiladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan sanadan boshlab quyidagi hollarda hisob-kitoblar faqat bank to‘lovlari, bank kartalari, elektron to‘lov tizimlari yoki yagona QR-kod vositasida amalga oshiriladi:

  • davlat organlari xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda;

  • ko‘chmas mulkni xarid qilish va sotishda;

  • avtotransport vositalarini xarid qilish va sotishda;

  • kommunal xizmatlari to‘lovlarini amalga oshirishda;

  • alkogol va tamaki mahsulotlarini xarid qilishda;

  • yonilg‘i quyish shoxobchalarida to‘lov qilishda;

  • qonunchilikda belgilangan 25 000 000 so‘m va undan ortiq miqdordagi ayrim boshqa yirik to‘lovlarni amalga oshirishda.

Yuqorida ko‘rsatilgan operatsiyalar bo‘yicha naqd pul mablag‘larini qabul qilish to‘xtatiladi.

To‘lovlarni amalga oshirishda kechikishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun bank kartasi yoki boshqa naqd pulsiz to‘lov vositasini oldindan tayyorlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.

Mazkur o‘zgartishlar shaffoflikni oshirish, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda hisob-kitoblarning huquqiy jihatdan ishonchliligini mustahkamlashga qaratilgan.

Поделитесь