Tariflar o‘zgarishi haqida xabarnoma

Hurmatli mijozlar!

"Octobank" AJning Jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko‘rsatish va plastik kartalar operatsiyalari bo‘yicha tariflariga o‘zgartirishlar kiritilgani haqida sizga ma’lum qilamiz.

2026 yil 1 apreldan boshlab "O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasidagi operatsiyalar" 1-bo‘limining 1.2.2 bandining yangi tahriri kuchga kiradi.

Mijozning talabnomasi bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining boshqa bankida ochilgan hisobvaraqqa pul mablag‘larini o‘tkazish uchun komissiya operatsiya summasining 0,50% ni tashkil etadi.

Quyidagilar bundan mustasno:

- "Octobank" AJ kreditlari bo‘yicha dastlabki badal sifatida kiritilgan pul mablag‘lari o‘tkazmalari
- Sug‘urta polislari bo‘yicha to‘lovlar.

Operatsiyalarni amalga oshirishda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olishingizni so‘raymiz.

Octobankni tanlaganingiz uchun rahmat

Поделитесь