Firibgarlardan shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma
Firibgarlar SMSlaringizga qanday kirishlari mumkin? Javob: tasodifan o‘rnatilgan zararli dastur (APK yoki boshqalar).
Qaysi ilovalar SMS ma’lumotlaringizga kirish huquqiga ega ekanini qanday tekshirish mumkin?
1. Qurilma Sozlamalariga kiring
2. Sozlamalarmenyusida «Ilovalar» bo‘liminitanlang
3. Uch nuqtaga (⋮) bosing
4. “Ruxsatlar dispecheri” bo‘limini tanlang.
5. «SMS» bo‘limini tanlang
6. Bu bo‘limda SMS xabarlarini yuborish, o‘qish va ko‘rishga ruxsat berilgan ilovalar ko‘rsatiladi
7. SMS ga kirish huquqi bo‘lgan ilovalar ro‘yxatini diqqat bilan ko‘zdan kechiring
8. Ilova shubhali deb hisoblanadi, agar:
u qurilmaning tizimli ilovalari (Samsung / Android) tarkibiga kirmasa;
foydalanuvchi tomonidan ongli ravishda o‘rnatilmagan bo‘lsa;
uning funksiyalari SMS bilan ishlashga aloqador bo‘lmasa;
ilovaning nomi yoki belgisi (ikonasi) shubha uyg‘otsa.
9. Agar zararli dastur aniqlansa, nima qilish kerak?
10. Tezda ilovaga bosing va "Ta’qiqlash" (Blok) bo‘limini tanlang.
11. Zararli ilovani o‘chirish uchun «Ruxsatlar boshqaruvchisi» bo‘limidan chiqib, «Ilovalar» bo‘limiga qayting va zararli ilovaga bosing
12. «O‘chirish» tugmasini bosing