25.03.2026

Endi aldanish xavfi yo‘q! 1-apreldan bitimlaringiz to‘liq himoyada

1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk va avtotransport bilan bog‘liq bitimlar yanada xavfsiz tizim asosida amalga oshiriladi.

Nima o‘zgardi?

Endi pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvchiga berilmaydi:

  • Pul bankda (eskrou hisobda) saqlanadi

  • Notarius bitimni tasdiqlaydi

  • Shundan keyin pul sotuvchining hisobiga o‘tkaziladi

3 oddiy qadam:

  • Eskrou hisob ochiladi

  • Pul vaqtincha bank hisobida saqlanadi

  • Bitim tasdiqlangach — mablag‘ sotuvchi hisobiga o‘tkaziladi

Siz uchun nima foyda?

  • Pulingiz to‘liq himoyada

  • Aldov xavfi yo‘q

  • Bitim shaffof va ishonchli

Agar bitim amalga oshmasa — pulingiz to‘liq qaytariladi.

Ko‘chmas mulk va avtotransport uchun yangi tartib 25 mln so‘mdan yuqori bitimlarda amal qiladi.

Поделитесь