Octobank “Navroʻz” etnoparkida boʻlib o‘tgan “Navroʻz – 3 karra mazaliroq!” festivalining bosh homiysi sifatida ishtirok etdi
“Navroʻz – 3 karra mazaliroq!” festivali mehmonlarni Navroʻz etnobogʻida yorqin va keng koʻlamli bayram muhitida birlashtirdi. Festivalning bosh homiysi sifatida Octobank bahorning eng muhim bayrami uchun unutilmas muhit yaratishga hissa qoʻshdi.

Festival 20–22-mart kunlari oʻtkazilib, 20 000 dan ortiq mehmonni qamrab oldi. Har kuni mehmonlar yangi taassurotlar, mazali taomlar va koʻtarinki milliy bayram ruhidan bahramand boʻlishdi.

Festival doirasida mehmonlar 10 xil palov, sumalak va somsaning turli koʻrinishlaridan iborat gastronomik sayohatdan bahramand boʻlishdi. Ishtirokchilar nafaqat turfa noz-ne’matlarni tatibʻrishdi, balki oʻzbekona an’analar muhitiga ham shoʻngʻishdi: hunarmandchilik boʻyicha mahorat darslari, karnay-surnay sadolari, folklor va zamonaviy san’atkorlar chiqishlari, dorbozlar hamda laparchi momolar tomoshalari barchaga zavq ulashdi.

MUZTV Uzbekistan gala-konserti va “Kichkina Muk” spektakli turli avlod vakillarini birlashtirdi — bu yerda bolalar ham, kattalar ham oʻzlariga manzur mashgʻulotlar bilan maroqli vaqt oʻtkazishdi.

Octobankning brend hududlarida mehmonlar milliy uslubda suratga tushishdi, mutaxassislardan maslahat olishdi hamda bankomatlardan foydalanishdi. Mehmonlar uchun ʻalar ham tayyorlandi: bolalar uchun yorqin sharlar, kattalar uchun esa brend mahsulotlari.
Raqslar, qoʻshiqlar, yorqin shoular va bolalar kulgisi har bir mehmon oʻzini katta bayramning ajralmas qismi sifatida his qiladigan iliq va quvonchli muhitni yaratdi.