Octobank korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Favqulodda holat” yili doirasida mahallalarda aholining huquqiy va moliyaviy savodxonlikni oshirishga hissa qo‘shmoqda
Davlat rahbarining murojaatnomasida Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2026-yilda “favqulodda holat” eʼlon qilindi. Shu munosabati bilan Octobank ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joylarda amaliy ishlar olib bormoqda.
Jumladan, “Octobank” AJ jamoasi Bektemir tumanidagi Nurliyo‘l mahallasida fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida aholining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda shaffof bank xizmatlari haqida, hamda octobank.uz sayti orqali onlayn anonim murojaat qilishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
☎️ “Octobank” AJ ishonch telefoni:
📞 71 202 33 33 (ichki 1506)
Shuningdek, axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlar soni ortib borayotgani, ko‘plab firibgarlik holatlari fuqarolarning shaxsiy hamda bank ma’lumotlarini begona shaxslarga taqdim etishi oqibatida yuzaga kelayotgani alohida ta’kidlandi.
Fuqarolarga moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bank kartasi va shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik, shubhali havolalar hamda noma’lum fayllarni ochmaslik, faqat rasmiy va ishonchli manbalardan foydalanish, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarni doimiy ravishda nazorat qilib borish tavsiya etildi.
Uchrashuv yakunida mahalla aholisi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi. “Octobank” AJ Komplayensni tartibga solish boshqarmasi xodimi Sa’diyev Nodirjon ta’kidlaganidek, "Bunday ochiq muloqotlar jamiyatda huquqiy madaniyat va moliyaviy savodxonlikni oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi".
