Octobank 2025-yil «Global Money Week» doirasida o'quvchilar uchun moliyaviy savodxonlik bo'yicha ma'ruzalar seriyasini boshladi
«Global Money Week–2025» xalqaro tashabbusi doirasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan ochiq dars Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi 345-maktabda bo‘lib o‘tdi. Tadbir Markaziy bank rahbarligi va Octobank jamoasining hamkorligida tashkil etildi.
Dunyo bo‘ylab yosh avlodning moliyaviy ta’limini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladigan «Global Money Week» ya’ni «Butunjahon Pul Haftaligi» doirasidagi ushbu uchrashuv o‘quvchilar uchun nazariy bilimlar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan ilk tadbirlardan biri bo‘ldi.
Dars jarayonida ishtirokchilar moliyaviy masalalar yuzasidan faol bahs-munozaralarda qatnashib, shaxsiy mablag‘larni boshqarish, tejamkorlik va moliyaviy rejalashtirish kabi muhim ko‘nikmalarni muhokama qilishdi. Ular savol-javob orqali o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tadbirning asosiy spikeri — Octobank mas’ul hodimi Navruz Musaev maktab o‘quvchilari uchun maxsus moliyaviy o‘yinlar uyushtirdi. Interaktiv formatda o‘tgan o‘yinlar orqali bolalar murakkab iqtisodiy tushunchalarni oson va yoqimli uslubda o‘zlashtirishdi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar Octobank tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joizki, Markaziy bankning tashabbusi va Octobankning faol ishtiroki bilan amalga oshirilgan bu kabi loyihalar yosh avlodni moliyaviy mas’uliyatga o‘rgatish, ularda iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur ochiq dars — keng qamrovli moliyaviy ta’lim dasturining dastlabki tadbirlaridan biri bo‘lib, yana ko‘plab maktab va ta’lim muassasalarida davom ettirilishi rejalashtirilgan.
«Global Money Week» dasturi haqida:
«Global Money Week» — yoshlar orasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan dunyo miqyosidagi ta'lim tashabbusdir.