Nurliyo‘l mahallasida tadbirkorlik: Octobank «mahalla bankiri»ning ko‘magi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mahallalarda aholini ish bilan ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda bank tizimi faol ishtirok etmoqda.
Octobank AJ tashabbusi bilan Bektemir tumani, Nurliyo‘l mahallasida tayinlangan «Mahalla bankiri» sayi harakatlari oqibatida aholini tadbirkorlikka jalb etishda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Malakali mutaxassislar fuqarolarni rivojlantirish yo‘lida qator loyihalarni hayotga tadbiq etishda ko‘maklashmoqda.
2025-yil 1-fevraldan boshlab faoliyat yuritayotgan mazkur bankirlar mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish, aholining moliyaviy savodxonligini yuksaltirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining bandligini ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan biri — «Go‘shtchi» do‘koni rahbari Ibragimov Sunnatilla shunday deydi: «Yaqin kunlarda do‘konimizni kengaytirib, mahsulotlar ishlab chiqarish sohasini ham yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu orqali yana qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni ham maqsad qilganmiz».
Shuningdek, mahallaning yana ikki fuqarolari – Xusayinova Muxtaram Xasanovna va Beknazarova Maqsuda Sayfulloevnaga ham “mahalla bankiri” tomonidan ko‘mak ko‘rsatildi. Ular Davlat dasturi asosida har biriga 10 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Muxtaram opa xonadonida kasanachilikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, Maqsuda opa esa tikish uskunalari sotib olib, o‘z mehnati orqali daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Mazkur tashabbuslar natijasida mahallalarda nafaqat tadbirkorlik rivojlanmoqda, balki fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi ham ortib bormoqda. Octobank AJ «mahalla bankiri» esa ana shu jarayonda hal qiluvchi, bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘tamoqda.