Kredit tarixingizni qanday aniqlash mumkin


Octobank yo‘riqnomasi

Kredit tarixingizni qanday aniqlash mumkin

Kredit tarixingizni qanday aniqlash mumkin


Banklar sizga kredit berish yoki bermaslik haqida qaror qabul qilishda sizning kredit tarixingizga qaraydi. Agar ilgari qarz olgan bo‘lsangiz va hammasini o‘z vaqtida qaytargan bo‘lsangiz — bu yaxshi. Agar kechikishlar yoki qarzdorliklar bo‘lgan bo‘lsa —yangi kredit olish qiyinroq bo‘ladi.

Yaxshi kredit tarixini o‘zingiz shakllantirasiz, bu bank kartalaridan foydalanishingiz, kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishingiz va moliyaviy masalalarda o‘zingizni qanday tutishingizga bog’liq.

 “Agar bunga aql bilan yondashilsa — qaytarishingiz mumkin bo‘lganidan ortiq kredit olmasangiz, vaqtida to‘lasangiz va bankdan yashirinib yurmasangiz, kelajakda yaxshi shartlarda kredit olish imkoniyatingiz ko‘proq bo‘ladi”.


Kredit tarixini esa my.gov.uz saytida tekshirish mumkin.
Поделитесь

Yoʻriqnoma


Yoʻriqnoma






1. my.gov.uz saytiga kiring

2. OneID yoki MyID orqali profilingizga kiring


Yoʻriqnoma





3. Yuqori chap burchakdagi Menyuni tanlang
 
4. Menyudan «Ommabop xizmatlar»ni tanlang


Yoʻriqnoma





5. «Kredit tarixini olish» ni tanlang

6. Taklif bilan tanishing va «Keyingisi» tugmasini bosing

Yoʻriqnoma





7. Maydonlarni to‘ldiring, yashash hududini tanlang

8. Telefon raqamingiz to‘g‘ri kiritilganini tekshiring


Yoʻriqnoma




9. Agar barcha ma’lumotlar bexato bo‘lsa, «Yuborish» tugmasini bosing

10. Hamma narsa tayyor bo‘lgandan so‘ng, kredit tarixingizga havola keltirilgan SMS xabarini olasiz.